Sаrdobaliklarning 2 ming 508 hujjati tiklandi
Xabaringiz bor, Sardobadagi suv omboridagi falokat oqibatida odamlarning nafaqat uy-joylariga, balki hujjatlariga ham zarar yetdi.
Xabaringiz bor, Sardoba suv omboridagi falokat oqibatida odamlarning nafaqat uy-joylariga, balki hujjatlariga ham zarar yetdi.
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va joylardagi davlat xizmatlari markazlari tomonidan Sardoba voqeasi tufayli fuqarolarning yoʻqolgan hujjatlarini tiklab berish ishlari olib borilmoqda.
Bugunga qadar jami 2 ming 508 hujjat, jumladan 1 ming 889 tugʻilganlik, 555 nikoh, 5 ajrim, 59 oʻlim haqidagi guvohnomalar tiklandi.
Hujjatlarni tiklash uchun aholi bilan bevosita suhbatlar oʻtkazish davom etmoqda.