Sirdaryolik tarbiyachilar muvaffaqiyati
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2022” kasbiy ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Unda viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 70 nafar tarbiyachi 5 ta nominatsiya bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.
Sirdaryo viloyati sharafini himoya qilgan Guliston shahridagi 10-sonli DMTT tarbiyachisi Nafisa Yulchirayeva "Eng yaxshi loyiha muallifi" yo‘nalishida 1-o‘rinni, Mirzaobod tumani 3-sonli DMTT tarbiyachisi Nargiza Xolbo‘tayeva "Innovatsion texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi" yo‘nalishida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarga pul mukofotlari va sovg‘alar topshirildi. Ma’lumot uchun, tanlov g‘oliblari kelgusida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha OTMga kirishda imtiyozlarga ega bo‘ladi.
Sh.Suyarov, O‘zA