Sirdaryoda Logistika markazi quriladi
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Xitoyning “Taitong InternationaI Transport Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Chi Suan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Sirdaryo delegatsiyasining joriy yil yanvar oyida Xitoyga amaliy tashrifi chog‘ida erishilgan dastlabki kelishuvlar, shu jumladan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan viloyatimizda qurilishi rejalashtirilayotgan yirik multimodal logistika markazi loyihasida kompaniyaning ishtiroki masalasi muhokama qilindi.

Akmaljon Mahmudaliyev yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga bo‘lgan katta ishonchi uchun Chi Suanga minnatdorchilik bildirdi va ushbu yangi loyihani hamkorlikda amalga oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.


Mehmonlar kunning ikkinchi yarmida logistika markazi qurilishi uchun taklif etilayotgan hududlarning imkoniyatlarini o‘rgandi.
Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri