Sirdaryoda DXX kubogiga start berildi
Yangiyer shahridagi futbol akademiyada “Sog‘lom yoshlar – Yangi O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida mahalla yoshlari o‘rtasida futbol va mini futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqasining viloyat bosqichiga start berildi.
Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov, DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sirojiddin Fozilov ishtirok etib, mazkur musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futbolni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidlab o‘tishdi.



Shundan so‘ng kubok doirasidagi bahslarga qur’a tashlandi va jamoalar guruhlardagi o‘z raqiblarini aniqlab olishdi.



Ma’lumot uchun: viloyatda o‘tgan yili o‘tkazilgan mazkur musobaqada 5312 nafar yoshlar qamrab olingan bo‘lsa, bu yilgi musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan va elektron ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoshlar soni 6 254 nafarni tashkil etmoqda.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri