Sirdaryo xabarlari – qisqa satrlarda
Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi suv toshqinidan zarar koʻrgan maktab oʻquvchilari Jizzax viloyatidagi bolalar yozgi dam olish oromgohlariga kuzatildi.
Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi suv toshqinidan zarar koʻrgan maktab oʻquvchilari Jizzax viloyatidagi bolalar yozgi dam olish oromgohlariga kuzatildi.
Bolajonlarning yozgi taʼtillarini maroqli oʻtkazishlari uchun Zomin tumanining togʻli hududlaridagi soʻlim dam olish oromgohlariga Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi viloyat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektorlari tomonidan avtobus haydovchilari bilan tegishli tartibda yoʻriqnomalar oʻtkazilib, harakat xavfsizligi taʼminlangan holda patrul avtomashinalarida kuzatib qoʻyildi.
Oʻquvchilar yoz fasli davomida 3 bosqichda tashkil etilgan oromgohlarga tashkiliy ravishda kuzatilib, koʻngilli va maroqli dam olishlarini tashkillashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan barcha zaruriy choralar koʻrilgan.
* * * * *
Xalqaro A-373 avtomobil yoʻlining Sirdaryo viloyati hududidagi toshqindan zarar koʻrgan bir tomonlama yoʻnalishi ochildi.
Bu haqda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
“Sardoba” suv ombori toʻgʻonida yuzaga kelgan favqulodda hodisa natijasida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari hududlaridagi aholi yashash punktlari, suv toshqini yoʻnalishidagi dala maydonlaridagi ekinlarga hamda xalqaro, davlat va mahalliy avtomobil yoʻllari, yoʻl koʻpriklariga ham jiddiy zarar yetkazib, transport vositalarining harakatlanishi cheklangan edi.
Yoʻlsozlar tomonidan olib borilgan qurilish-taʼmirlash, montaj ishlari natijasida Oqoltin tumani hududidan oʻtgan M-34 yoʻli bilan Guliston yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan M-34 avtoyoʻlini bogʻlab turuvchi A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining 37 kilometrlik hududining Toshkent – Samarqand yoʻnalishida joriy yilning 13-iyun kunidan transport vositalarining kunduzi harakatlanishiga ruxsat etildi.
* * * * *
Sirdaryo viloyati gʻalla maydonlarida oʻrim-yigʻim ayni qizgʻin pallaga kirdi.

Viloyat dehqonlari joriy mavsumda 85 ming gektar maydonga don ekib, har gektar yerdan oʻrtacha 70 sentnerdan, jami 595 ming tonna hosil olishni rejalashtirgan.
Quvonarlisi, bir qator viloyat tashkilotlari ushbu mardu-maydonda ishtirok etayotgan eng faol oʻrim-yigʻim otryadlari ilgʻorlarini muntazam ravishda ragʻbatlantirib bormoqdalar.
– Dono xalqimizda “Ha degan tuyaga madad” degan naql bor, – deydi Sirdaryo tumanidagi Malik suv isteʼmolchilari uyushmasi gʻalla oʻrim-yigʻimi eng faol kombayn operatori Temur Roʻziqulov. – “Hormanglar!” deb kelgan viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining eʼtiboridan koʻnglimiz togʻdek koʻtarildi. Ular xirmonga quruq kelishmabdi. Eng faol otryad aʼzolarining har biriga oʻzlarining qimmatbaho sovgʻalarini topshirdi.