Sirdaryo xabarlari – qisqa satrlarda
Sessiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari - OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitov, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Komiljon Ernazarovlar ishtirok etdi.
Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashining oʻn uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada “Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasiga takliflar va kun tartibidagi ikkinchi – hududda tadbirkorlikni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari masalasi keng muhokama qilindi.
Sessiya soʻngida bildirilgan takliflar xalq deputatlari Cirdaryo tuman kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Sessiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari - OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitov, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Komiljon Ernazarovlar ishtirok etdi.
Sessiyada Sirdaryo tumani kengashi raisi, tuman hokimi Alijon Muhamadiyev soʻzga chiqdi.
Sirdaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasining muhokamasiga bagʻishlab sessiyalar boʻlib oʻtmoqda.

* * *
Davlatimiz rahbari “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan joriy yilning 30-sentyabr kuni oʻtkazgan tantanali yigʻilishda Prezident adminstratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi masʼullariga Oʻzbekistonda taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasini tayyorlash topshirigʻini bergan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamalaktimizda taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi muhokamga qoʻyildi.
Sirdaryo viloyatining barcha umumtaʼlim maktablarida farmon loyihasining muhokamasi boʻlib oʻtdi. Muhokamada, umumtaʼlim maktabi direktorlari, ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, uzoq yillar mobaynida taʼlim sohasida faoliyat yuritib kelayotgan oʻqituvchilar tomonidan mazkur farmon loyihasi yuzasidan fikr va mulohazalari tinglandi.

Jumladan, Yangiyer shahar hokimi I.Xoʻjayev 4-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib, ushbu muhokamada ishtirok etdi va dars jarayoni bilan tanishdi hamda oʻqituvchilar va oʻquvchilar bilan suhbat olib bordi.
* * *
Sayxunobod tumani hokimi Botirjon Mirzaqulov boshchiligida Paymart mahallasida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda 32 nafar ishsiz, 8 nafar tadbirkor, 10 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar hamda tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari ishtirok etdi.

Yoshlar tomonidan koʻtarilgan 10 dan ortiq muammolarni tuman hokimi diqqat bilan tinglab, shu joyning oʻzida koʻtirilgan masalalarga yechim topildi.
* * *
2020-yil 16-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Sardoba tumani hokimi A.Xidirov tumandagi Paxtaobod dehqon bozoridagi narx-navo bilan tanishdi.
Tumanda oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa kundalik ehtiyoj mollarining yetarli zaxirasi mavjudligi, savdo, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish, ayniqsa narx-navoni sunʼiy oshirib yubormaslik boʻyicha hokim oʻz tavsiyalarini berdi.

* * *
Sirdaryo viloyatida ham aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, viloyatning Shirin va Oqoltin tumanlarida aholi oʻrtasida badantarbiya va “Sogʻlom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostidagi yurish sport tadbirlari tashkil etilgan boʻlsa, Guliston shahri hamda Boyovut tumanlarida yoshlar oʻrtasida sportning futbol, voleybol, yengil atletika turlari boʻyicha “Yoshlar spartakiadasi” musobaqalari boʻlib oʻtdi.
Eʼtiborlisi, mazkur sport tadbirlariga aholining barcha qatlamlari jalb etilmoqda.
Sport tadbirlari yakunida gʻolib, sovrindor va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirib borilmoqda.
