Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ishchi guruhi boshchiligida Sirdaryo viloyatidagi barcha mahallalarni obod go‘shaga aylantirish borasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Xonadon, ko‘cha va atrofni tozalash, tartibga keltirish bilan bir qatorda aholini qiynab kelayotgan muammolarga ham barham berilmoqda. Jumladan, Sirdaryo tumanining “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida ichimlik suvi yetib bormagan manzillar suv tizimiga ulash ishlari boshlab yuborildi. Guliston tumani “Hamid Olimjon” mahallasi aholisining tomorqalarini oqova suv bilan ta’minlash maqsadida ariqlar tozalanib, betonlashtirish ishlari boshlandi.
*****
Guliston shahrida tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan ob’ektlarda noqonuniy qo‘shimcha qurilishlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.



Ishchi guruh tomonidan o‘rganish davomida tadbirkorlar tomonidan Guliston shahrining bosh rejasida ko‘zda tutilmagan hamda shaharsozlik normalariga zid holda qurilgan binolar borligi aniqlandi.
Mazkur holatlar bo‘yicha inspeksiya tomonidan tadbirkorlarga ogohlantirish xatlari berildi.
Sh. Suyarov,
O‘zA.