Sirdaryo tumanida amaliy ishlar boshlandi
Prezidentimiz Oliy Majlis Senatining birinchi yig‘ilishida Sirdaryoda uyma-uy yurilganda yeyishga noni yo‘q, uyida to‘shashga sholchasi yo‘q, dori olishga puli yo‘q, yig‘lashga ko‘zida yoshi yo‘q ayollar borligi aniqlangani haqida to‘xtalib o‘tgan edi...
Prezidentimiz Oliy Majlis Senatining birinchi yig‘ilishida Sirdaryoda uyma-uy yurilganda yeyishga noni yo‘q, uyida to‘shashga sholchasi yo‘q, dori olishga puli yo‘q, yig‘lashga ko‘zida yoshi yo‘q ayollar borligi aniqlangani haqida to‘xtalib o‘tgan edi...
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga ko‘ra mushkul ahvolda qolgan oilalarga yordam berish maqsadida Xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Respublika ishchi guruhi tuzilgan.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov raislik qilayotgan mazkur ishchi guruh tarkibida Xotin-qizlar qo‘mitasi, Mahallalar kengashi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari bor.
Ishchi guruhi Sirdaryo tumanidagi 38 mahallada uyma-uy yurib, aholi muammolarini o‘rgangan. Mingdan ziyod o‘tkir muammolar borligi aniqlangan. Endigi navbat ana shu muammolarga hal etishga.
Sirdaryo tuman hokimligida shu maqsadga qaratilgan yig‘ilish tashkil etildi. Bu odatdagidek mas’ul shaxslar yig‘ilishi emas, balki turmushda qiynalayotgan, ehtiyojmand oilalar vakilalari ham taklif etilgan amaliy tadbir bo‘ldi.
Ishchi guruhning navbatdagi amaliy yig‘ilishda guruh rahbari Q.Rafiqov nafaqat o‘rganish natijalari, balki fuqarolarning yordam so‘rab qilayotgan murojaatlari bo‘yicha ham alohida to‘xtaldi.
Mushkul ahvolga tushayotgan odamlar mahalliy rahbarlardan ko‘mak ololmay, Prezidentimizga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.
Murojaatlar mahalliy mutasaddilarga hal qilish uchun yuborilganda, faqat “tushuntirish berildi“ deb yopib yuborilgan. Bu murojaatlar natijalari o‘rganib chiqilganda haqiqatan yordamga muhtoj odamlar aniqlanmoqda.
Yig‘ilishda ana shunday ayollarga uy-joy olish, sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordamlar berildi. Ehtiyojmand oilalar vakillariga zarur maishiy texnika vositlari tarqatilmoqda.
Yig‘ilishda ko‘tarilgan muammolar, e’tibor topayotgan ayollar taassurotlari haqida yana batafsil ma’lumotlar beramiz.
Tadbir davom etmoqda.