Singapurda Sinovac vaksinasi bilan emlash boshlandi
Singapurda ilk bor aholini COVID-19 ga qarshi Sinovac Biotech vaksinalari bilan emlash boshlandi, deb xabar berdi euronews.
Xususiy klinikalar Xitoyda ishlab chiqarilgan preparatga talab katta ekanini aytmoqda.
Ta’kidlash kerak, Singapurda 5,7 millionlik aholining deyarli yarmi Pfizer-BioNTech va Moderna kompaniyalari ishlab chiqargan vaksina bilan emlangan.
Sinovac vaksinasi klinik tadqiqotlarda simptomatik kasallikka qarshi 51 foiz samaradorlikni ko‘rsatgan.
Ammo hafta boshida qo‘shni mamlakat Indoneziyada 350 dan ziyod tibbiyot xodimlari ushbu preparat bilan emlangan. Xabarlarga ko‘ra, koronavirusni yuqtirganlar va o‘nlab bemorlar kasalxonaga yotqizilgani haqida ogohlantirish berilgan.
Singapur sog‘liqni saqlash vazirligining aytishicha, allergik reaksiya yoki anafilaksi bilan kasallanganlar, shuningdek, immuniteti past bo‘lgan shaxslar vaksina qabul qilmasligi kerak.
Iyun oyi boshida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Sinovac vaksinasidan favqulodda vaziyatlarda foydalanish to‘g‘risidagi qaror chiqargan edi. Shundan so‘ng, Singapurda Sinovac vaksinasini xususiy muassasalar orqali olib kirishga ruxsat berildi.