Sifatli tibbiy xizmat – salomatlik garovi
Keyingi yillarda sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektorning roli ortayotgani tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash imkonini bermoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qanliko‘l tumanidagi “Ra’no” xususiy klinikasi tadbirkor Istam Fayzullayev tashabbusi bilan 2020 yilda tashkil etilgan. Hozirda mazkur zamonaviy diagnostika va davolash muassasasida 10 nafar mutaxassis tomonidan aholiga lor, kardiologiya, endokrinologiya, UTT xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Laboratoriya xonalari ilg‘or tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Statsionar sharoitda davolanuvchi bemorlarga 6 kishilik maxsus koykalar tashkil etilgan.
[gallery-2663]
Klinikada kuniga o‘rtacha 30-40 kishiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA