Sifat va samaradorlik asosi
FOTOREPORTAJ
“Navoiyazot” AJga qarashli Markaziy laboratoriyada mahsulotlar yangi turlarini yaratish, tejamkor materiallardan foydalanish bo‘yicha izlanishlar olib borish, ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirish, xomashyo hamda materiallardan foydalanishning tejamkor usullarini qo‘llash maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.
[gallery-20169]
Mazkur laboratoriyaga 1965 yilda asos solingan bo‘lib, “Navoiyazot”ning ilk mahsuloti – ammiakli selitradan tortib hozirga qadar barcha turdagi, eksport o‘rnini bosuvchi, raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda ilmiy-tadqiqot maskani vakillarining hissasi katta.
Bugungi kunda yuz nafardan ortiq mutaxassis faoliyat yuritayotgan tuzilma tarkibida kimyoviy reaktivlar ishlab chiqarish uchastkasi, mexanik xizmati, shisha puflash ustaxonasi, ammiak va karbamid sexlariga xizmat ko‘rsatish va xomashyo hamda tayyor mahsulot sifat nazoratini amalga oshiruvchi sinov laboratoriyalari xizmat ko‘rsatmoqda.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA