Shukurjon Aminova “Uzbekistan Judo Tour” g‘olibiga aylandi
Samarqand shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha “Uzbekistan Judo Tour” turkum musobaqalarining navbatdagi bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mamlakatimizning deyarli barcha hududlaridan kelgan dzyudochilar 4 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun tatamiga chiqdi. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, o‘z vazn toifalarida Shukurjon Aminova, Abdurahmon Sa’dullayev, Mirjalol To‘xtayev hamda yosh polvon Fazliddin Rafiqov chempionlikni qo‘lga kiritib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Musobaqada terma jamoaga nomzod sanalgan Anvarjon Ibrohimov, Artyom Shturbabin, Muhriddin Tilovov va Sevinch Isoqova kabi dzyudochilarning sovrinli o‘rinlarsiz qolgani bahslar keskin va murosasiz ruhda kechganidan dalolat beradi.
“Uzbekistan Judo Tour” musobaqasini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi iste’dodlarni kashf etish, ichki raqobatni kuchaytirish va milliy dzyudo uchun munosib zaxira shakllantirishdan iborat.

Darvoqe, musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Quyida g‘olib va sovrindorlar bilan tanishasiz:
-63 kg. vazn toifasi
1. Shukurjon Aminova (Xorazm)
2. Marjona Nurulloyeva (Samarqand)
3. Sarvinoz Husanova (Samarqand)
4. Farangiz Rejepova (Buxoro)
-66 kg. vazn toifasi
1. Abdurahmon Sa’dullayev (Toshkent shahri)
2. Asadbek Misirov (Samarqand)
3. Azizbek Himmatov (Navoiy)
4. Shohrux Ibadullayev (Xorazm)
-81 kg. vazn toifasi
1. Mirjalol To‘xtayev (Samarqand)
2. To‘lqin Ochilov (Qoraqalpog‘iston)
3. Muhammaddo‘st Eshdavlatov (Qashqadaryo)
4. Sa’dulla Ravshanov (Qashqadaryo)
+90 kg. vazn toifasi
1. Fazliddin Rafiqov (Toshkent shahri)
2. Jaloliddin Qurbonmurotov (Qashqadaryo)
3. Qahramon Rahmonov (Qashqadaryo)
4. Timur Salam-Zada (Samarqand)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA muxbiri