Shuhratim, shonim, sport (+video)
Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi fotomuxbiri, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Alimurod Mamadaminovning “Shuhratim, shonim, sport” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada muallifning sevimli mavzusi – sportga bag‘ishlangan 70 dan ortiq kartinalari namoyish etildi.
Alimurod Mamadaminov 1958 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 1985 yilda hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Ijodkor «Yoshlar ovozi», «O‘zbekiston ovozi» gazetasida ishladi. 1996 yildan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAda fotomuxbir lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Alimurod Mamadaminov yurtimiz fotoijodkorlarining turli ko‘rgazma va ko‘rik-tanlovlarida muntazam qatnashib kelmoqda. O‘ttiz yillik faoliyati davomida “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovi va “Yilning eng faol jurnalisti” respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi. “Yilning eng faol fotomuxbiri” sifatida e’tirof etildi. "Sport a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
[gallery-18154]
Yuksak mehnati qadrlangan A.Mamadaminov 2022 yili Prezident farmoni bilan “Sodiq xizmatlari uchun” medaliga sazovor bo‘ldi. 2023 yilda esa “Mehnat faxriysi”, “O‘zbekiston sport faxriysi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/dpWtB8SS3bQ" title="Shuhratim, shonim, sport" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ko‘rgazmada namoyish etilgan suratlarda turli mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro va mintaqaviy musobaqalar va turnirlarda ishtirok etgan, hayotini sportga, Vatan himoyasiga bag‘ishlagan va muayyan sport turida zafar quchgan guruh va yakka sportchilarning g‘alaba onlari hamda shiddatli bellashuvlari chog‘lari muhrlangan.
Gulnoza Boboyeva,
Asliddin Alijonov (surat, video), O‘zA