Shubhali tovarlar ushlab qolindi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan yana bir holatda katta miqdordagi “Oldindan foydalanishda bo‘lgan avto ehtiyot qismlari” tovarlarining noqonuniy tarzda bojxona chegarasidan olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 5-aprel sanasida xorijiy yo‘nalishda harakatlanib, chegara bojxona postiga kirib kelgan ikki partiyadagi yuk avtomashinalari tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, tovarlarning skanerlangan tasviri bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi.

Gumonlarga oydinlik kiritish maqsadida amalga oshirilgan bojxona ko‘rigi davomida jami ikki partiyadagi, 216 million so‘mlik avto ehtiyot qismlari yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmaganligi o‘z tasdig‘ini topdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan qonuniy tartibda ish olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA