Shols rasmiy tashrif bilan Xitoyga boradi
-
Germaniya kansleri Olaf Shols XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan taklifiga binoan 4 noyabr kuni Xitoyga tashrif buyuradi. Martabali mehmon Xitoyda Si Szinpin va Li Ketsyan bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda. Bu Sholsning kansler lavozimiga kirishgandan keyin Xitoy rahbariyati bilan ilk bor yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi.
“Euronews”materiallari asosida
G. Abdullayeva tayyorladi.
O‘zA