Shoir tavalludiga bag‘ishlandi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Gidrotexnika qurilishi fakulteti tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi.
Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar, yosh ijodkorlar hamda she’riyat muxlislari ishtirok etdi.
[gallery-2599]
Abdulla Oripov haqida so‘z ketganda o‘zbekning tanti va jaydari farzandi ko‘z oldimizda gavdalanadi. O‘zbeklarga xos donishmandlik, bag‘rikenglik, xokisorlik va andisha Abdulla Oripov hayoti va ijodiga singib ketgan. Shoir o‘z xalqining ovozi, orzu-umidlari va inson qalbi iztiroblarining ifodachisidir.
Institutda adibning ijodini targ‘ib qilish maqsadida yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan bo‘lib, shoir ijodi va hayot yo‘liga bag‘ishlangan ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, badiiy va ijodiy tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Temur MAMADAMINOV(surat), O‘zA