Shohimardon va Yordonga koʻmak yuborildi
Fargʻona bagʻrida joylashgan, yilning toʻrt faslida ham zilol suvli soylari zarif qoʻshiqlar kuylab oqadigan Shohimardon va Yordon qishloqlari soʻlim tabiati, betakror tabiiy yodgorliklari bilan mashhur.
Fargʻona bagʻrida joylashgan, yilning toʻrt faslida ham zilol suvli soylari zarif qoʻshiqlar kuylab oqadigan Shohimardon va Yordon qishloqlari soʻlim tabiati, betakror tabiiy yodgorliklari bilan mashhur.
Fargʻona viloyatining anklav hududida joylashgan mazkur ikki qishloq aholisi turmush sharoiti va farovonligini yaxshilash davlatimizning doimiy eʼtiborida boʻlib, koronavirus pandemiyasi davrida ham ushbu hududda yashovchi hamyurtlarimiz ana shunday eʼtibor va ragʻbatdan bahramand boʻlmoqdalar.
Viloyat hokimligi tashabbusi bilan bugun Shohimardon va Yordonga navbatdagi koʻmak karvoni yoʻlga chiqdi. “Shohimardonni Oʻzbekistonning gavhariga aylantiramiz” shiori ostida yoʻlga chiqqan koʻmak karvonida jamlangan kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari – un va oʻsimlik yogʻi hudud aholisiga begʻaraz yordam sifatida tarqatildi. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, dehqonchilik yumushlari uchun arzonlashtirilgan narxda mineral oʻgʻitlar savdosi tashkil etildi. Quvasoy shahridagi “Kvars” AJda tayyorlangan qurilish oynalari va oila bekalari qish mavsumiga murabbo, turli tuzlamalar tayyorlashi uchun shisha bankalar imtiyozli narxlarda yetkazildi.
Ayni paytda “Shohimardon” mahalla fuqarolar yigʻinida 3397 nafar hamda “Yordon” mahalla fuqarolar yigʻinida 2900 nafar aholi istiqomat qiladi. Navbatdagi koʻmak karvoni hudud aholisini juda ham mamnun etdi.