Shirinov Ziyomat Zoyirovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Bir va ikki quvurli isitish tizimlarini gidravlik va issiqlik hisobi usullarini ishlab chiqish” mavzusida
Shirinov Ziyomat Zoyirovichning 01.02.05 - «Suyuqlik va gaz mexanikasi» ixtisosligi bo‘yicha “Bir va ikki quvurli isitish tizimlarini gidravlik va issiqlik hisobi usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 11 iyun kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125, Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 40-uy.
Tel.: (99855) 520-02-45
e-mail: instmech@academy.uz