Shijoat va mahorat bahsi
Poytaxtimizda yengil atletikaning ikkikurash va uchkurash turlariga ixtisoslashtirilgan Respublika oliy mahorat sport maktabi ochiq chempionati o‘tkazildi.
Poytaxtimizda yengil atletikaning ikkikurash va uchkurash turlariga ixtisoslashtirilgan Respublika oliy mahorat sport maktabi ochiq chempionati o‘tkazildi.O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada yuzdan ziyod o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.
60 va 300 metr masofaga yugurish bahslarida Oleg Yermakov va Diana Agliulina, 300 va 600 metrga yugurishda Sardor Umarov va Komila Mirsoliyeva, 600 va 1000 metr masofaga o‘tkazilgan musobaqada Roman Shtukan va Liliya Manasipova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 1000 va 2000 metrga yugurishda Ma’rufjon Murodullayev va Visola Abdullayeva, 1000 va 3000 metrlik bahslarda Bekzod Safarov marraga birinchi keldi.
60 metr masofaga to‘siqlar osha yugurish hamda 60 va 300 metrga erkin yugurish bo‘yicha Nikolay Rozanov va Natalya Asanova birinchi o‘rinni egalladi.
Uzunlikka sakrash va 60 metr masofaga yugurishda Dmitriy Sorokin va Anjelika Belova, balandlikka sakrash va 60 metrga yugurishda Doniyor Soliyev va Anna Bogdanova, uch hatlab sakrash va 60 metr masofaga yugurishda Dmitriy Melsitov va Alina Yablokova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Disk uloqtirish va 60 metr masofaga yugurishda Odil Komilov va Husnora Vohidova, yadro uloqtirish va 60 metrga yugurishda Artyom Davletov va Farida Hakimova, bosqon uloqtirish va 60 metr masofaga yugurish bo‘yicha Asadbek Abdumannonov va Anastasiya Aslanidu musobaqa g‘olibiga aylandi.