SHHTning Peterburgda boʻlib oʻtadigan sammiti boshqa vaqtga koʻchirilgani aytilmoqda
SHHT sammiti 2020-yilning 22-23-iyulida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtishi kerak edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkilotining sammitini boshqa paytga koʻchirishga qaror qildi, u endi kuzda boʻlib oʻtishi mumkin, deya maʼlum qiladi RIA Novosti.
SHHT sammiti 2020-yilning 22-23-iyulida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtishi kerak edi.
Sammitning qoldirilishiga tashkilotga aʼzo mamlakatlarda epidemiologik vaziyat hamon barqarorlashmayotgani sabab qilib koʻrsatilmoqda. Vaziyat oʻnglanmagunga qadar tadbirni oʻtkazmay turishga toʻgʻri keladi, deyiladi manbada.
Shuningdek, xabarda SHHT sammitini videoaloqa tartibida oʻtkazish masalasi kun tartibiga qoʻyilmagani, “atroflicha fikr almashish uchun” yuzma-yuz uchrashuv zarurligi taʼkidlanmoqda.