SHHT milliy koordinatorlarining ilk yig‘ilishi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-2020 yillar ichidagi tashkilotga raisligida amalga oshiriladigan ishlarning ustuvor yo‘nalishlari taqdimotida ishtirok etgan SHHTga a’zo davlatlar milliy koordinatorlari va ekspertlari Orolbӯyiga tashrif buyurdi.
Ӯzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida nufuzli tashkilotga 2021-2022 yillar mobaynida raislik qilish davrida O‘zbekiston tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarga bag‘ishlanib SHHT milliy koordinatorlarining ilk yig‘ilishi bӯlib ӯtdi.
Tadbirda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Ӯzbekiston Respublikasi milliy koordinatorlari tomonidan tashkilotga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari Kengashining yaqinda bӯlib ӯtadigan yig‘ilishi kun tartibidagi masalalar muhokama etilib, SHHT doirasida ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish maqsadida Ӯzbekiston tomonidan ilgari surilgan asosiy ustuvor yo‘nalishlar va vazifalar bӯyicha fikr-mulohazalar bӯldi. Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish bo‘yicha 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan kompleks dasturni tayyorlash va qabul qilish taklifi bildirilgan edi.
[gallery-4471]
SHHT milliy koordinatorlarining ilk yig‘ilishi Nukus shahrida ӯtkazilayotgani bejiz emas. Tadbir doirasida ishtirokchilar Prezidentimiz tashabbusi bilan Orolbӯyida, shu jumladan, Mӯynoq tumanida, dengizning qurigan tubida amalga oshirilayotgan keng kӯlamli loyihalar bilan tanishadi. Eslatib ӯtamiz, Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisida davlatimiz tashabbusi bilan atrof muhit sohasida hamkorlikni yanada oshirish maqsadida “SHHT yashil belbog‘i” dasturi qabul qilingan edi.
SHHT milliy koordinatorlarining yig‘ilishi davom etmoqda.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA