SHHT Milliy koordinatorlari kengashi yig‘ilishi to‘g‘risida
10-13 mart kunlari Toshkent shahrida SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi binosida SHHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv davomida Tojikiston Respublikasining ushbu tuzilmadagi amaldagi raisligi davrida SHHTning asosiy tadbirlariga tayyorgarlik jarayoni hamda 2021 yil sentyabr oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi davomida tasdiqlash uchun taqdim etilishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 2020 yilgi SHHT sammitida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish va Tashkilot faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan fikr almashiladi.