Shernayev Akbar Aqmirzayevichning iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Aksiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusida
Shernayev Akbar Aqmirzayevichning 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “Aksiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Tashkent International University huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.22/29.12.2023.I.175.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 1 fevral kuni soat 10:00 majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100114, Toshkent shahar, Kichik xalqa yo‘li 7-uy.
Tel.: +998 95 131-55-55
e-mail: info@tiu.uz