Shaxmatchimiz xalqaro turnir sovrindori
Hindistonning Chennai shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda hamyurtimiz Marat Jumayev kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Hindistonning Chennai shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda hamyurtimiz Marat Jumayev kumush medalni qo‘lga kiritdi.
O‘n turdan iborat musobaqada tajribali grossmeysterimiz hindistonlik shaxmatchilar M.Mahalakashmi, P.Lokesh, K.Dinesh Sharma, R.Bhuvanesh Ramnath va italiyalik A.Davidni mag‘lubiyatga uchratdi. Mezbonlar vakili N.Vignesh, D.Svanpil, rossiyalik shaxmatchilar I.Popov, M.Mojarov va ukrainalik E.Gasanov bilan durang o‘ynagan hamyurtimiz 7,5 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.