Shaxmat: Sindorov “Sinquefield Cup-2026” turnirida sovrindor bo‘ldi
AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan “Sinquefield Cup-2026” turniri hamyurtimiz Javohir Sindorov uchun omadli kechdi.
“Grand Chess Tour” seriyasining hal qiluvchi bosqichi sanalgan mazkur musobaqaning so‘nggi 9-turida grossmeysterimiz Javohir Sindorov qora donalarda amerikalik Uesli So bilan kuch sinashdi.
Qiziqarli va teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvning 44-yurish holatidagi tenglik tufayli bahsda murosa yo‘li tanlandi.
Shuningdek, sovrinli o‘rinlar masalasini hal etadigan oxirgi kungi partiyalarning barchasida durang natija qayd etilishi ortidan AQSH vakili Uesli So va hindistonlik R.Pragnanandha tay-breykda to‘qnash keladigan bo‘ldi.

Ikkita partiyasi rapiddan iborat tay-breyk musobaqasida Uesli hamda Pragnanandha ochkolarni taqsimlab oldi. Hal qiluvchi armageddon o‘yinida esa Soning qo‘li baland keldi va ketma-ket ikkinchi yil “Sinquefield Cup-2026” turnirining g‘olibligini qo‘lga kiritishi tufayli bosh sovrin hamda 87 ming 500 dollar mukofot puliga sazovor bo‘ldi.
Turnirning 9 ta turida 5 ochko jamg‘argan Javohir Sindorov germaniyalik Vinsent Keymer bilan 3-o‘rinni egallab, 42 ming 500 dollar mukofot puli bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA