Shaxmat olimpiadasi: Asosiy jamoalarimiz Xitoy va Sloveniyani mag‘lub etdi
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 7-tur bahslari O‘zbekistonning asosiy jamoalari uchun har jihatdan omadli kechdi.
Nodirbek Abdusattorov birinchi taxtada 17-jahon chempioni Din Lijenni, Nodirbek Yoqubboyev esa 3-taxtada 2014-yilgi shaxmat olimpiadasi g‘olibi Yuy Yan’ini mag‘lub etdi. Javohir Sindorov Osiyo chempioni Vey I bilan, Muhiddin Madaminov Syanyuy Syuy bilan durangga erishishi natijasida O‘zbekiston-1 jamoasi Xitoy terma jamoasini 3:1 hisobida dog‘da qoldirdi.

Olimpiadaning eng markaziy va shiddatli uchrashuvlaridan biri sanalgan mazkur o‘yinda iste’dodli shaxmatchilarimizning asosiy raqiblaridan biridan ochko totib olishi shaxmat olimpiadasining eng yuqori pog‘onasidan joy olish imkoniyatini yanada mustahkamladi.
[gallery-31585]
Xuddi shuningdek, olimpiada musobaqalarining ayollar guruhida dona surayotgan Afruza Hamdamova, Gulruhbegim Tohirjonova, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva, Guldona Karimova dona suradigan O‘zbekiston-1 jamoasi 7-turda Sloveniya jamoasini 3,50,5 hisobida taslim etganligi tahsinga sazovor bo‘ldi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA