Shaxmat: Jahon chempionatining ilk turlari o‘tkazildi
Isroilning Quddus shahrida shaxmat bo‘yicha dunyoning 12 ta eng kuchli terma jamoalari ishtirokida navbatdagi jahon chempionatiga start berildi.
Kecha kun mobaynida har ikkala guruhdagi dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi joy olgan “B” guruhining 1-turida qo‘yidagi natijalar qayd etildi.
Hindiston-Isroil-2:2, Polsha-AQSH-1½-2½, Ozarbayjon-O‘zbekiston-2½-1½.

Musobaqaning 2-turida hamyurtlarimiz Isroil terma jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi. Shiddatli o‘tgan bashda hamyurtlarimiz 2½ -1½ hisobida zafar quchdi. Qolgan uchrashuvlarda Ozarbayjon AQSH jamoasini 3:1 hisobida dog‘da qoldirgan bo‘lsa, Hindiston Polsha “dueli”da murosa yo‘li tanlandi -2:2.
Yakunlangan ikkita tur natijalariga ko‘ra, 5½ ochkoga ega Ozarbayjon jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Hamyurtlarimiz hamda Hindiston jamoalari 2 ochkoga ega bo‘lgan holda keyingi pog‘onalarni band etib turibdi. Ulardan keyingi o‘rinlarda borayotgan AQSH 2 ochkoga, Polsha va Isroil jamoalari bir ochkoga ega.

Chempionatning “V” guruhidagi o‘yinlarda Xitoy va Ukraina jamoalari 4 ochko bilan oldinda bormoqda. Keyingi qatorlardan esa Fransiya(2), Ispaniya(2), Niderlandiya(0) hamda Janubiy Afrika Respublikasi joy olgan.
Bugun, 21 noyabr kuni chempionatning 3 va 4-tur bahslari tashkil etiladi. Mamlakatimiz shaxmatchilari 3-turda AQSH vakillari bilan kuch sinashsa, 4-turda Hindiston shaxmatchilariga qarshi dona suradi.
To‘lqin Ro‘ziyev,
O‘zA