Sharof Rashidovning avlodlarga maktubi
Hozir mazkur maktub maxsus kapsulalarda avaylab saqlanmoqda. Vasiyatga binoan bu maktub hali ochilmagan va unda nimalar yozilganini hech kim bilmaydi.
Avval xabar berganimizdek, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Energetika vazirligi hamkorligida Surxondaryo viloyati “To‘polang” GESida olib borilayotgan modernizatsiya ishlari bilan tanishtirish maqsadida jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi.
To‘polang suv omboriga 1982 yil Sharof Rashidov tamal toshini qo‘ygan. O‘shanda Sharof Rashidov kelgusi avlodlar uchun maktub yozgan va bu maktub ustiga “2180 yilda ochilsin” deya imzo qo‘ygan. Hozir mazkur maktub maxsus kapsulalarda avaylab saqlanmoqda. Vasiyatga binoan bu maktub hali ochilmagan va unda nimalar yozilganini hech kim bilmaydi. Qiziq ushbu maktubda nimalar deyilgan ekan?
Buni bilish kelgusi avlodlarimizga nasib qiladi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA