Shamsiyeva Zilola Askarovnaning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Buxoro vohasi nikoh to‘yi marosimlari an’anaviy tizimi va transformatsiyasi” mavzusida
Shamsiyeva Zilola Askarovnaning “Buxoro vohasi nikoh to‘yi marosimlari an’anaviy tizimi va transformatsiyasi” mavzusidagi 07.00.07-Etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi himoyasi Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 26-may kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 190111, Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uy. Termiz davlat universiteti.
Tel.: (99876) 221-74-55; (376) 221-71-17
e-mail: termizdu@umail.uz