Shamsiddin Vohidov Osiyo chempioni
Joriy yilning 20-30 may kunlari shaxmat bo‘yicha Tornelo onlayn platformasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida vakillarimiz munosib ishtirok etdi.

Qit’amizning 15 mamlakatidan 82 nafar shaxmatchi ishtirok etgan chempionatda hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov eng yaxshi natija qayd etgan holda Osiyo chempioniga aylandi. Shuningdek, Nodirbek Yoqubboyev va Javohir Sindorov kabi sportchilarimiz 5- hamda 7-o‘rindan joy oldi.

O‘zA