Seul markazida poyezd izdan chiqib ketdi
Kamida 30 nafar yo‘loqchi jarohat oldi, deb yozmoqda Ryonxap agentligi Koreya respublikasi milliy temiryo‘l korporatsiyasi (KORAIL) manbalariga tayanib.
"Seul markazida poyezd izdan chiqib ketdi, natijada 30 nafar yo‘lovchi turli darajada jarohat oldi", – deyiladi xabarda.
KORAIL tarqatgan manbada aytilishicha, jabr ko‘rganlarning ko‘pchiligi yengil jarohat olgan. Halokat paytida poyezdda jami 275 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Hodisa oqshom paytida poyezd shahar markaziy bekatlarining biriga kelib to‘xtaganda ro‘y bergani aytilmoqda. Aniqlik kiritilishicha, oltita, jumladan beshta yo‘lovchi vagon relsdan chiqib ketgan.
Ryonxap agentligining yozishicha, halokat tufayli ushbu yo‘nalishdagi poyezdlar harakati bir soatdan ortiq to‘xtab qolgan.