Serqatnov koʻchalar bugun boʻm-boʻsh!
Karantin qoidalariga asosan bugun Samarqand shahri koʻchalarida ham sokinlik hukmron.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan 25-26-iyul (shanba va yakshanba) kunlari ham mamlakat miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalari, shu jumladan, yoʻnalishsiz taksilarning harakati toʻliq toʻxtatilishi belgilangan edi.
Karantin qoidalariga asosan bugun Samarqand shahri koʻchalarida ham sokinlik hukmron. Aholi oʻrtasida koronavirus infeksiyasining tarqalish zanjirini uzish maqsadida tashkil etilgan bu tartib koʻhna shaharda ham amalda.
Butun dunyoni tahlikada ushlab turgan koronavirus pandemiyasini toʻxtatishga qaratilgan cheklovlarga qatʼiy amal qilish har bir fuqaroning oʻz salomatligiga boʻlgan eʼtiboridir. Zaruratsiz koʻcha chiqmang, aziz yurtdoshlar!