Sergey Fomin yarim finalga chiqdi
Xitoyning Vunin shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Challenger” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin yarim finalga chiqdi.
Sovrin jamg‘armasi 63 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin chorak finalda Janubiy Koreya vakili Sanxuy Shinga qarshi o‘yinda 6:3, 5:7, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi tennischimiz final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bahsda xitoylik Fatszin Sun bilan raqobatlashadi. Darvoqe, Fatszin mazkur turnirning ikkinchi davrasida hamyurtimiz Humoyun Sultonovni taslim etgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA