Sergaklik huquqbuzarlikning oldini oldi
Joriy yilning 8 avgust kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 03:00 larda Buxoro shahar Mirdo‘stim ko‘chasidagi Somoniylar istirohat bog‘ida xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Ushbu bog‘dagi sun’iy ko‘l yoqasida joylashgan umumiy ovqatlanish maskanida o‘rnatilgan temir konteyner ichida o‘tirgan 1995 yilda tug‘ilgan yakka tartibda ishlovchi, Buxoro shahrida yashovchi fuqaro R.M.ning egnidagi kiyimlari ko‘zdan kechirildi.
Natijada gugurt qutisiga joylashtirilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof vazni 3,04 grammga teng bo‘lgan miqdordagi “Marixuana” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.M.ga nisbatan O‘z.R.JKning 276-m. 1-q. bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Zarif Komilov, O‘zA