Serbiyada kimyoviy o‘g‘it zavodi portladi
Serbiyaning Shimanovsi shahridagi kimyoviy o‘g‘it zavodida yuz bergan portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, – deb xabar bermoqda “Tanjug” axborot agentligi.
Shimanovsi shahridagi portlash natijasida zavodning ikki xodimi voqea joyida halok bo‘lgan, yana biri tan jarohati olgan. Ayni paytda hodisa sababi o‘rganilmoqda.