Senator Yunusobod tumani faollari bilan uchrashdi
Yunusobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N.Umarov tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining ahamiyatini aholi o‘rtasida keng muhokama etish, fikr-mulohazalarni o‘rganish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ishtirokchilar Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga o‘z takliflarini bildirdi. Shuningdek, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

Muhokamalar yakunida senator yurtimiz kelajagi va ravnaqi aholining mazkur jarayondagi ishtirokiga bog‘liqligi, kelgusi taraqqiyotimiz uchun barchani mazkur jarayonda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA