Senator saylovchilar muammolarni o‘rgandi
Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuxrat Cho‘lliyev xalq deputatlari Qorako‘l tumani kengashi deputatlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tumanda amalga oshirilayotgan ishlarda deputatlik nazoratini olib borish, xalq vakillarining oldidagi vazifalarga alohida to‘xtaldi. Mahalliy kengash deputatlari bilan suhbatda deputatlik maqomini oshirish yuzasidan qonunchilikdagi islohotlar, bugungi kundagi xalq vakili oldidagi muhim vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Xalq deputatlari Olot tumani kengashi doimiy komissiya raislari bilan uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar va qarorlar, Xalq deputatlari Mahalliy Kengashi reglamenti va doimiy komissiyalar nizomidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘z bordi.


Senator o‘zi deputatlikka saylangan hudud Bunyodkor va Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini saylovchilari bilan ham uchrashdi. Tumanda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Saylovchilarning muammolarini o‘rgandi.


Zarif Komilov, O‘zA