Senator O‘rta Chirchiq tumanidagi ayollar muammolarini o‘rgandi
O‘zbekiston Respblikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova O‘rta Chirchiq tumanidagi ayollar bilan uchrashdi.
Dastlab senator M.Qodirxonova 400 qatnovli tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida bo‘lib, uning imkoniyatlari bilan tanishdi. So‘ngra xalq eng ko‘p murojaat qiladigan Davlat xizmatlari markazida aholi uchun yaratilgan imkoniyatlarini bo‘yicha mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Bu yerda bo‘lajak kelin va kuyovlarni hayotga tayyorlash markazi va Fuqarolik holati dalolatnomalari yozish bo‘limining joylashganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Tuman hokimligida mahalla raisi o‘rinbosarlari va hududdagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar bilan uchrashuvda prezidentimiz tomonidan ayollar bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha juda katta e’tibor qaratilayotgani, xotin-qizlarning jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirish muhim ahamiyatga ega ekani xususida fikr bildirildi.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi mazmun-mohiyatini tushuntirildi.
Tadbirda “Ayollar daftari”ga kirgan ayollar va yoshlarning taklif, tashabbuslari o‘rganilib, murojaatlari ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar ishtirokida ham bir masala alohida nazoratga olindi.
Tumandagi 65 ta maxallalarda ayollar maslaxatxonalari tashkil etilgan, – tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslatchisi Gulbahor Qo‘shmatova. – Bundan tashqari, ayollar bandligini ta’minlash, ularga qulay sharoit yaratib berish maqsadida 530 million so‘m pul mablag‘lari ajratildi. Xususan, 2020 yilda ayollar bandligini ta’minlash maqsadida 53 oilalarga yirik shoxli, 30 ta oilalarga nasilli mayda shoxli qoramollar ajratib berilgan. Shuningdek, 38 nafar fuqaroga beg‘araz tikuv mashinalari, 72 nafar ayolga tikuv mashinalari va 32 nafariga issiqxonalar qurish uchun imtiyozli kreditlar ajratildi. Bundan tashqari 18 nafar ayollarga tadbirkorlikni tashkil etishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi natijasida doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlandi.
Bugunga qadar 145 nafar ayol kompyuter savodxonligi, tikuvchilik, buxgalteriya, sartaroshxona va boshqashu kabi kasblar bo‘yicha o‘qo‘v kurslarida taxsil olmoqda.
Tadbirda to‘rtta sektor raxbarlari bilan birgalikda ayollar va yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash va belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida bajarilishga kelishib olindi.
A.Musayev, O‘zA