Sektor rahbari tadbirkorlar bilan uchrashdi
Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi R.Nasimov viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashdi.
Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi R.Nasimov viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashdi.
Karantin davrida vaqtincha faoliyatini toʻxtatgan va ayrim qiyinchiliklarni boshidan oʻtkazayotgan tadbirkorlarga amaliy koʻmak berish, muammolarini oʻrganish har bir mutasaddi rahbarning vazifasi. Shu boisdan, viloyat 4-sektor rahbari ham bu vaziyatga favqulodda holat deya qarab, tadbirkorlar bilan shaxsan yuzma-yuz uchrashdi.
“Ishonch gilam” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxona faoliyatini davom ettirmoqda. Biroq, korxonada ishlab chiqarilayotgan gilam mahsulotlarini ichki bozorga yetkazish maqsadida savdo nuqtasi tashkil etishda muammo mavjud edi. Viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi koʻmagida Navoiy savdo kompleksiga qarashli buyum bozori atrofidan maxsus joy ajratildi. “Edem textile” masʼuliyati cheklangan jamiyatida tabiiy paxtadan, boʻz yigirish yoʻlga qoʻyilgan. Biroq korxona rahbariyati transport vositalari harakatlanishi cheklangani sababli ishchilarning kelib-ketishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotganini maʼlum qildi. Shu kunning oʻzida ishchilarni tashish uchun 1 ta transport harakatlanishi uchun ruxsatnoma olib berildi.
Mebel va beton mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Navoiu FSK” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ham ishchilar qatnovida transport muammosi va kredit bilan bogʻliq masala mavjud edi. 4-sektor rahbari aralashuvi bilan har ikkala masala oʻz yechimini topdi.
Darhaqiqat, bugungi sinovli davrda korxonalar oʻz faoliyatini barqaror davom ettirishida sektor rahbarlarining ham koʻmagi yuksak ahamiyatga ega.