Sayyoramizda magnit bo‘roni boshlandi
O‘tgan tunda Yerning magnitosferasida magnit bo‘roni boshlandi, uning kuchi asta-sekin ortib boradi va o‘rtacha darajaga yetadi.
Bunday vaziyatda Yerga yetib kelgan Quyosh plazmasi buluti kosmik yo‘ldoshlarga radiatsiya bosimini kuchaytiradi, Yer yuzasidagi magnit maydoni tebranishiga ta’sir qiladi. Magnitosferadagi o‘zgarishlarni shimoliy qutb yog‘dusida ham ko‘rish mumkin. Magnit bo‘roni paytida qutb yog‘dusini 60-70 daraja kengliklarda ko‘rish mumkin.
Quyoshdagi chaqnash 9 oktyabrda kuzatilgan edi. U o‘rtacha darajada chaqnash bo‘lgan. Yerga yetib kelishi uchun uch kun kerak bo‘ldi.