Sayyor qabulda muammolar hal etilmoqda
“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizim korxonalari va filiallarida muntazam sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
“Talimarjon IES” AJda o‘tkazilgan sayyor qabul ham ulardan biri. Unda ishtirok etgan ishchilar 12 masalada o‘z murojaatini bildirdi va uning 6 tasi joyida hal etildi. Mas’ullar yana oltita murojaat ish jarayonida ko‘rib chiqilishi bo‘yicha tegishli tushunchalar berdi.
–Bundan tashqari, xodimlar tomonidan turli madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarining tashkil etilish tartibi, rag‘batlantirish, ijtimoiy yordamlar berish qoidalari borasida ham fikrlar bildirildi, – dedi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Anvar Rustamov. – Ularga mehnat qonunchiligi hamda jamoa shartnomasida belgilangan bandlar asosida tushunchalar berildi. Ta’kidlash kerakki, bu kabi sayyor qabullar “Inson qadri uchun” g‘oyasi doirasida tashkil qilinayotgan bo‘lib, maqsad xodimlar bilan ochiq muloqot maydonini yaratish, ularning o‘z huquq hamda burchlarini anglab yetishlariga ko‘maklashish va muammolarini hal etgan holda ishchanlik kayfiyatini oshirishdan iboratdir.
N.Ziyodullayeva,
O‘zA