"Sayyoh-2021» xalqaro forumiga start berildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Xalqa ro iste’molchilar huquqlari tashkiloti, Xalqaro iste’molchi jamiyatlari konfederatsiyasi, «Yuksalish» umummilliy harakati bilan hamkorlikda “Sayyoh - 2021» xalqaro forumini o‘tkazmoqda.
Avvalroq, turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir, joriy yilning 23-25 noyabr kunlari Xorazmning Xiva va Urganch shaharlarida o‘tkazilishi aytilgan edi.
Forumning ilk kunida 20 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan xalqaro delegat a’zolari kutib olinib, Xiva shahrining tarixiy obidalari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, Forum ishtirokchilariga Xalqaro iste’molchilar huquqlari tashkiloti prezidenti, doktor Marimutu Nadason janoblari yo‘llagan murojaat o‘qib eshittirildi va ushbu tashkilot bosh direktori Helena Loran xonimning video murojaati ham namoyish etildi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Matbuot xizmati