Saylov teng huquqlikda o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 4-Jizzax okrug saylov komissiyasida tasdiqlangan media-rejaga asosan Markaziy saylov komissiyasining siyosiy partiyalar uchun bepul efir vaqti va nashr maydonini taqsimlash, saylovoldi tashviqotiga oid qarori qabul qilinganligi munosabati bilan matbuot anjumani o‘tkazildi.
4-Jizzax okrug saylov komissiyasi matbuot markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda okrug saylov komissiyasi raisi, a’zolari, siyosiy partiyalar hamda respublika va mahalliy ommaviy axborot vakillari ishtirok etdi.
Anjumanni 4-Jizzax okrug saylov komissiyasi matbuot markazi rahbari Farhod Ne’matov boshqardi.
Matbuot anjumani kun tartibidagi mavzu yuzasidan 4-Jizzax okrug saylov komissiyasi raisi Shavkat Sharipov yig‘ilganlarga batafsil axborot berdi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlarini Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 17 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti to‘g‘risidagi qarorining mazmun-mohiyati hamda Markaziy saylov komissiyasining joriy yilning 14 aprelidagi 1068-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi talablari bilan tanishtirdi.
Matbuot anjumani so‘nggida tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga 4-Jizzax okrug saylov komissiyasi mas’ullaridan batafsil javobdi.

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA