Saxovat va ko‘mak tadbirlari davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.
Xususan, tumandagi Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini Bo‘ston ko‘chasida yashovchi 1947 yilda tug‘ilgan ustoz pedagog 1-guruh nogironi Shomurod Javliyev 12 yildan buyon to‘shakka yotib qolgan. 1953 yilda tug‘ilgan 1-guruh nogironi Jo‘ra Aliqulov esa 8 yildan buyon tura olmaydi. Zavqiy mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1920 yilda tug‘ilgan onaxon Hilol O‘roqova hamda oilasida 3 nafar 1-guruh nogironi bo‘lgan Menglixol Tursunovalar holidan xabar olinib, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Keksa faxriylar yurtimizga tinchlik omonlik tilab duo qildi.


Ma’lumot o‘rnida Dehqonobod tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi Saxovat va ko‘mak jamg‘armasi mablag‘i hisobidan 2022 yil avgust oyida 45 nafar fuqaroga 64 million so‘m bir martalik moddiy yordam plastik kartalariga o‘tkazilib berildi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.