Saudiya dron hujumi tufayli to‘xtatilgan Sharq-G‘arb neft quvuri faoliyatini tikladi
Saudiya Arabistoni 11-sentabr kuni dron hujumidan keyin to‘xtatilgan Sharq-G‘arb neft quvuridan xom ashyo haydashni qayta yo‘lga qo‘ydi.
– Yaqin orada Qizil dengizdagi Yanbu portidan neft eksporti ham tiklanishi mumkin, – deb yozgan “Reuters” manbalarga tayanib. – Hozircha quvurdan kamroq neft oqyapti, avvalgi quvvatga chiqib olish uchun bir necha hafta kerak.
Boshqa bir manba fikricha, “Saudi Aramco” kompaniyasi oqim tezligini kuniga Saudiya Hurmuz bo‘g‘ozi orqali ta’minot uzilgandan keyin Yanbuga yo‘naltirayotgan hajm – 4 million barrelgacha yetkazish niyatida. Sharq-G‘arb quvurining o‘tkazish quvvati kuniga 7 million barrelni tashkil etadi.
S.Rahimov, O‘zA