Saudiya Arabistonida Haj amali boshlandi...
Saudiya Arabistonida islomning besh ustunlaridan biri boʻlmish Haj amali ziyorati boshlandi.
Saudiya Arabistonida islomning besh ustunlaridan biri boʻlmish Haj amali ziyorati boshlandi. Qirollik bergan maʼlumotlarga koʻra Haj amalining birinchi kunida koronavirus kasalligi holatlari kuzatilmagan. Odatda Haj amalini bajarish uchun dunyoning turli burchaklaridan millionlab musulmonlar Makkaga tashrif buyuradilar.
Maʼlumotlarga koʻra eng koʻp ziyoratchilar (3 million) 2012-yilda qayd etilgan. 2020-yilda Makkada 2.5 milliondan ortiq ziyoratchilar qabul qilinishi kutilgan edi. Biroq, pandemiya sababli ziyoratchilar soni 10 ming nafardan ortiq emasligi aytilmoqda. XIX asrda ham yuqumli kasalliklar sabab Haj amali ziyoratchilari kamaytirilgani va cheklangani aytiladi. Joriy yilda Haj ziyoratini Saudiya Arabistoni fuqarolari va shu vaqtgacha mamlakat ichkarisida boʻlgan xorijliklar amalga oshirishi mumkin. Makkaga kelgan ziyoratchilar Haj amalini bajarishdan avval karantinda saqlangan, ziyoratdan soʻng ham ular ikki kun oʻzini ihota qilishi zarur boʻladi.
Shu vaqtgacha Saudiya Arabistonida 270 ming nafar kishi koronavirus bilan kasallangan.
Haj ziyoratidan tushuvchi mablagʻ Saudiya Arabistoni qirolligi ichki yalpi mahsulotining 10 foizini tashkil etadi. Bu 5-6 milliard AQSH dollari deganidir.