Sarhisob va istiqboldagi rejalar
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2021 yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan “E’tirof-2020” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori, professor Mahmudjon Boltabayev, universitet prorektorlari, dekanlar, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.


Universitet rektori, professor Mahmudjon Boltabayev nutq so‘zlab, universitetning bir yillik faoliyatini sarhisob qilib, 2021 yilgi rejalar haqida yana bir bor to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, rektor kirish so‘zida universitet jamoasiga universitetning ta’lim sifatini yuksak bosqichga ko‘tarish, buning uchun “Har qanday talabaga talab bitta - uning bilimi” shiori asosida yelkama-yelka bo‘lib, Vatan ravnaqi, yoshlar kelajagi uchun bor bilim va tajribani safarbar etish zarurligini ta’kidladi.


Universitetda an’anaga aylanib borayotgan “E’tirof” mukofotining o‘ziga xosligi shundaki, u yil davomida universitetda va sport sohasida turli yo‘nalishlarda faol va sermahsul ijod qilgan fidoyi, zahmatkash professor-o‘qituvchi va xodimlar taqdirlanadi hamda ularga e’tirof ko‘rsatiladi.


bugungi tadbirda ham sport sohasida ko‘plab malakali sportchi kadrlarni yetishtirishda uzoq yillik mehnatlari hamda universitet rivojiga qo‘shgan ulkan hissalari uchun faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar taqdirlandi. Shu bilan birga 2020 yilda universitetda mustaqil izlanuvchi sifatida PhD ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib borgan va himoya qilgan ayol o‘qituvchilarga pul mukofotlari topshirildi.


Universitetning “Yil o‘qituvchisi” nominatsiyasi bo‘yicha:
- Zotova Yelena Alekseyevna - Sport psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi o‘qituvchisi;
- Davletyarova Laylo Baxodirovna - Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi;
- Axmatjonov Doniyor Karim o‘g‘li - Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi;
- Boltayeva Iqbol Tojiboyevna - O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti;
- Berdiyeva Dilnovoz Toshkanovna - Sport tibbiyoti va bioximiya kafedrasi o‘qituvchisi e’tirof etildi.
“Yilning eng faol ilmiy tadqiqotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori, professor Kerimov Fikrat Azizovich;
“Yilning eng faol guruh murabbiyi” nominatsiyasi bo‘yicha Qishki sport turlari kafedrasi o‘qituvchisi Jo‘rayev Ibroxim Boxodir o‘g‘li;
“Yilning eng faol sportchi treneri” nominatsiyasi bo‘yicha Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi Akmonov Botir Omonboyevich;
“Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Sport o‘yinlari fakulteti dekani Do‘sanov Noryigit Ernazarovich;
“Yilning eng faol sport targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Qishki sport turlari kafedrasi o‘qituvchisi Xojiyev Shoxrux Saidjappar o‘g‘li;
“Yilning eng yaxshi adabiyoti muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha Adaptiv jismoniy tarbiya va sport o‘quv qo‘llanmasi uchun Mirjamalov Mehriddin Xayriddinovich;
“Yilning eng jonkuyar xo‘jalik xodimi” nominatsiyasi bo‘yicha universitet sport baza mudiri Abdullayev Madamin Turaboyevich;
“Yilning eng namunali ishchisi” nominatsiyasi bo‘yicha universitet omborxona ishchisi Shomirzayev Alisher Utkurovich taqdirlandilar.


Shuningdek, “Yilning eng faol kafedrasi” nominatsiyasi bo‘yicha Qishki sport turlari kafedrasi e’tirof etildi.



O‘zDJTSU matbuot xizmati