Sara asarlar xazinasi
Poytaxtimizda “Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi” albomining chop etilishiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Mazkur albomda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi kolleksiyasining muayyan qismi nashr etildi.
Ushbu kolleksiya bir nechta bo‘limlardan iborat, xususan: rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, teatr va kino san’ati rassomlarining asarlari va amaliy-bezak san’atini o‘z ichiga olgan. Shuningdek, ushbu albomda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi ko‘rgazmalar faoliyatining 60 yillik tarixi va geografiyasi bilan tanishish mumkin.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi tashkil etilganidan, ya’ni 1959 yildan to shu kunga qadar, O‘zbekiston va xorijda badiiy ko‘rgazmalarni professional tarzda tashkil etib kelayotgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng nufuzli ixtisoslashtirilgan muzey muassasalaridan biri hisoblanadi.
[gallery-5087]
O‘zbekiston Davlat san’at muzeyidan ko‘chirilgan o‘nlab grafik asarlar asosida 1960 yillarning boshlarida shakllana boshlagan Ko‘rgazmalar direksiyasining kolleksiyasi yarim asr mobaynida doimiy ravishda Davlat ekspert komissiyasi shartnomalari bo‘yicha yaratilgan mavzuli asarlar bilan to‘ldirib borildi.
Rassomlar va xalq hunarmandlaridan, ko‘rgazma va ekspeditsiyalardan direksiyaning o‘zi xarid qilib olgan, bulardan tashqari esa rassomlarning o‘zlari, ularning merosxo‘rlari va homiylarning sovg‘alari tufayli Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondi boy kolleksiyaga ega bo‘ldi.
N.Usmonova, O‘zA