Sankt-Peterburgdagi Ruminiya konsulligi yopiladi
Rossiya Ruminiyaning Sankt-Peterburg shahridagi konsulligini yopishga qaror qildi. Shuningdek, mazkur diplomatik vakolatxonada faoliyat yuritgan konsul vazifasini bajaruvchi Laurensiu Konstantiniu “non grat” shaxs, deb baholandi.
RF Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu qaror Buxarestning Konstansa shahridagi Rossiya Bosh konsulxonasi faoliyati to‘xtatilishiga nisbatan javob chorasi sifatida qabul qilingan.
Avvalroq Ruminiya Prezidenti Nikusor Dan Konstansadagi RF Bosh konsulxonasini yopish hamda muassasa rahbarini “persona non grata” deya e’lon qilish to‘g‘risida qaror chiqargan edi.
Ushbu mamlakat Tashqi ishlar vazirligi esa Moskva tomonidan qabul qilingan so‘nggi qarorni kutilgan qadam o‘laroq ifodalagan.
D.Hakimov, O‘zA