San’atga baxshida umr (+video)
Poytaxtimizdagi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Xalq artisti Halima Komilova tavalludining 100 yilligi hamda O‘zbekiston xalq artisti Gulnora Mavayevaning 95 yilligiga bag‘ishlangan “San’atga baxshida umr” nomli madaniy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, yurtimizda milliy madaniyat va san’atni qo‘llab-quvvatlash, ustoz-shogird an’anasini mustahkamlash, buyuk ijodkorlar merosini asrab-avaylash doimiy e’tiborda. Shu nuqtai nazardan, yuqorida nomlari aytib o‘tilgan ikki san’atkor nafaqat o‘zbek baleti, balki mamlakat madaniy diplomatiyasi taraqqiyotida ham muhim o‘rin tutgan insonlar edi.
Mazkur xotira tadbiri ishtirokchilari tarixiy video lavhalar, san’at namoyandalarining chiqishlari, shuningdek Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri solistlari, “Navbahor” ansambli, “Yosh balet” ijodkorlari va O‘zDXA talabalari ishtirokidagi konsertdan bahramand bo‘ldilar.
Ayniqsa, Lyudvig Minkusning “Don Kixot” baletidan parcha, “Paxita”, “Jonon o‘ynasin”, “Ey sarvi ravon” kabi milliy va klassik sahna asarlari namoyishi ushbu san’at turi ishqibozlari olqishiga sazovor bo‘ldi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hmSIBrzad9o" title="San’atga baxshida umr" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>D.Hakimov, O.Davronov (video), O‘zA